Bojxona kodeksi

142-modda. Ruxsatnomani bekor qilish

Ruxsatnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi: vakolatli shaxsning ruxsatnomani bekor qilish to'g'risidagi arizasiga ko'ra; ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda. Ruxsatnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi. Ruxsatnoma bekor qilingan taqdirda, u bojxona organlariga qaytarilmaydi. Ruxsatnomani bekor qilish to'g'risidagi sud qarori ruxsatnoma berilgan sanadan e'tiboran amal qiladi. Ruxsatnomani bekor qilish to'g'risidagi sud qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.