Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
vakolatli shaxs ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan yoki faoliyati to'xtatilgan paytdan e'tiboran, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda esa — qayta tashkil etilgan paytdan e'tiboran, bundan yuridik shaxsning o'zgartirilishi mustasno;
tadbirkorlik sub'yekti bo'lgan jismoniy shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
jismoniy shaxs vafot etganda, uning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turishga sabab bo'lgan holatlar bojxona organi yoki sud belgilagan muddatda vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilmaganda;
bojxona organining ruxsatnoma berish to'g'risidagi qarori g'ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda;
amalga oshirilishi uchun bojxona organining ruxsatnomasi berilgan bir martalik harakat bajarilganda.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, to'rtinchi, beshinchi, sakkizinchi va to'qqizinchi xatboshilarida ko'rsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi.
Ruxsatnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi.
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi sud qarori vakolatli shaxsga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi bojxona organi qarori uning amal qilishi tugatilishining sabablari va qonunchilikning aniq normalari ko'rsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga yetkaziladi. Ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda, u bojxona organiga qaytarilmaydi.
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn140-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish
(140-модданинг тўртинчи ва бешинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.