Davlat boji stavkalari (Davlat boji to'g'risidagi qonun ilovasi)

7-band. 7. O'zbekiston Respublikasidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun:

7. O'zbekiston Respublikasidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun: a) adliya organlari tomonidan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, shuningdek xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini BHMning 12,5 baravari respublika nodavlat notijorat tashkilotlarini BHMning 3 baravari hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarini BHMning 50 foizi diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy o'quv yurtlarini BHMning 20 baravari boshqa diniy tashkilotlarni BHMning 10 baravari nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini, shuningdek diniy tashkilotlarni qayta ro'yxatdan o'tkazganlik uchun ularni davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi Izoh. Nogironligi bo'lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. b) Davlat xizmatlari markazlarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar davlat ro'yxatidan o'tkazilganda yoki qayta ro'yxatdan o'tkazilganda BHMning 1 baravari Sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) va sug'urta brokerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlarini, «O'zbekoziqovqatzaxira» meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g'amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni, bozorlarni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan aktsiyadorlik jamiyatlari (shu jumladan xolding) shaklida tashkil etilayotgan xo'jalik birlashmalari davlat ro'yxatidan o'tkazilganda yoki qayta ro'yxatdan o'tkazilganda BHMning 4 baravari yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik sub'yektlarini, yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik sub'yektlarini hamda yuridik shaxslar birlashmalari davlat ro'yxatidan o'tkazilganda yoki qayta ro'yxatdan o'tkazilganda BHMning 1 baravari advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay'atlari ro'yxatdan o'tkazilganda BHMning 1 baravari advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay'atlari qayta ro'yxatdan o'tkazilganda ularni birinchi marta davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun belgilangan summaning 20 foizi yuridik maslahatxonalar ro'yxatdan o'tkazilganda BHMning 1 baravari v) O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit byurolarni BHMning 1 baravari g) O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan chet el tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun BHMning 48 baravari
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.