Davlat boji stavkalari (Davlat boji to'g'risidagi qonun ilovasi)

5-band. 5. Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro'yxatdan o'tkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga o'zgartishlar, tuzatishlar va qo'shimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini o'zgartirganlik uchun

5. Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro'yxatdan o'tkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga o'zgartishlar, tuzatishlar va qo'shimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini o'zgartirganlik uchun a) nikohni qayd etganlik uchun BHMning 20 foizi b) nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun voyaga yetmagan bolalari bo'lmagan er-xotinlarning o'zaro roziligi bo'yicha er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan BHMning 1,5 baravari agar er-xotin birinchi nikohda bo'lsa, sud qaroriga asosan BHMning 1,5 dan 3 baravarigacha (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan) er-xotindan biri takroriy nikohda bo'lsa, sud qaroriga asosan BHMning 3 dan 4 baravarigacha (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan) v) fuqarolar tomonidan familiya, ism, otasining ismi o'zgartirilganligi uchun 16 yoshdan 18 yoshgacha BHMning 50 foizi 18 yoshdan katta BHMning 1 baravari g) tug'ilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik to'g'risida, o'lim haqidagi yozuvlar o'zgartirilganligi, ularga qo'shimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchun BHMning 10 foizi d) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun BHMning 15 foizi
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.