Davlat boji stavkalari (Davlat boji to'g'risidagi qonun ilovasi)

30-band. 30. Faoliyatning ayrim turlarini O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji:

30. Faoliyatning ayrim turlarini O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji: a) sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyati BHMning 10 baravari b) fond birjasi faoliyati va qimmatli qog'ozlarga doir birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati BHMning 4 baravari v) lotereyalar tashkil etish faoliyati BHMning 18 500 baravari g) bukmekerlik faoliyati BHMning 37 000 baravari d) Internet jahon axborot tarmog'ida tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish faoliyati BHMning 37 000 baravari Izoh . «g» va «d» kichik bandlarda nazarda tutilgan davlat bojlarining miqdorlari davlat bojini to'lash kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga ko'paytirilgan miqdorda bir yillik miqdori hisobidan belgilangan. Davlat boji belgilangan miqdorlarda har yili to'lanadi. Navbatdagi yillik to'lov litsenziya olingan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan kamida 30 kun oldin to'lanadi, navbatdagi to'lov belgilangan muddatda to'lanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi to'xtatib turiladi. «v», «g» va «d» kichik bandlarda nazarda tutilgan litsenziyalarni o'zgartirilganlik uchun mazkur kichik bandlarda belgilangan davlat bojlarining 50 foizi miqdorida davlat boji to'lanadi. «v», «g» va «d» kichik bandlarda nazarda tutilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirilganlik uchun BHMning 500 baravari miqdorida yig'im undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.