2. Iqtisodiy sudlarga beriladigan:
a) mulkiy xususiyatga ega da'vo arizalaridan
da'vo bahosining 2 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda
b) nomulkiy xususiyatga ega da'vo arizalaridan
BHMning 10 baravari
v) to'lovga qobiliyatsizlik haqida ish qo'zg'atish to'g'risidagi arizalardan
BHMning 3 baravari
g) xo'jalik shartnomalarini tuzish, o'zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo'yicha da'vo arizalaridan
BHMning 10 baravari
d) apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida berilgan shikoyatlardan
birinchi instantsiya sudida ko'rib chiqish uchun arizalar berilganda to'lanadigan stavkaning 50 foizi
Izoh . Mulkiy xususiyatga ega nizolar bo'yicha davlat boji nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan stavkalar.
ye) sud hujjatlarining dublikatlarini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko'ra iqtisodiy sud tomonidan ishlardan boshqa hujjatlarning ko'chirma nusxalarini berganlik uchun
hujjatning har bir beti uchun BHMning 2 foizi
j) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to'g'risidagi arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi, shuningdek hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizalardan
BHMning 2 baravari
j 1 ) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizalardan
BHMning 2 baravari
Izoh . Kichik tadbirkorlik sub'yektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilish chog'ida ushbu bandning «a» — «g» va «ye» kichik bandlarida ko'rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to'laydi.
z) chet davlat sudlari va arbitrajlar qarorlarini tan olish va ijro etish to'g'risidagi arizalardan
BHMning 2 baravari
lex.uz’dagi asl matnDavlat boji stavkalari (Davlat boji to'g'risidagi qonun ilovasi)
2-band. 2. Iqtisodiy sudlarga beriladigan:
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.