14. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi tomonidan apellyatsiyalar va arizalarni ko'rib chiqish uchun
a) O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasining qarorlari yuzasidan apellyatsiyalar
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 5 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 10 baravari
b) ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, selektsiya yutuqlariga doir yoki integral mikrosxemalar topologiyalarini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida patent va guvohnomalarni berishga qarshi apellyatsiyalar
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 4 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 8 baravari
v) muhofaza hujjatining amal qilishini tugatish, bekor qilish hamda berilgan patent va guvohnomalarni haqiqiy emas deb topish, geografik ko'rsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini ro'yxatdan o'tkazishni bekor qilish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududida belgini xalqaro ro'yxatdan o'tkazishning amal qilishini tugatishga oid apellyatsiyalar
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 6 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 12 baravari
g) O'zbekiston Respublikasida barchaga ma'lum bo'lgan tovar belgisini e'tirof etish to'g'risidagi arizalar
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 8 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 16 baravari
d) so'ralayotgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirganlik uchun
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 40 foizi
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 80 foizi
lex.uz’dagi asl matnDavlat boji stavkalari (Davlat boji to'g'risidagi qonun ilovasi)
14-band. 14. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi tomonidan apellyatsiyalar va arizalarni ko'rib chiqish uchun
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.