12. Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, geografik ko'rsatkichlar , tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro'yxatdan o'tkazganlik uchun:
a) talabnoma berganlik uchun
tovar belgisini, xizmat ko'rsatish belgisini ro'yxatdan o'tkazishga va talabnomada ifodalangan belgini davlat ekspertizasidan o'tkazishga talabnomalar berish
Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 4 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 6 baravari
bittadan ortiq har bir Tovar va xizmat xalqaro tasnifining klassi uchun
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 50 foizi
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 1 baravari
jamoaviy belgining Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bitta klassi uchun
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 4 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 6 baravari
bittadan ortiq jamoaviy belgining Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining har bir klassi uchun
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 50 foizi
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 1 baravari
geografik ko'rsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini, ulardan foydalanish huquqini ro'yxatdan o'tkazishga talabnoma, ilgari ro'yxatdan o'tkazilgan geografik ko'rsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma berish va davlat ekspertizasidan o'tkazish
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 4 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 6 baravari
b) ro'yxatdan o'tkazish, e'lon qilish va guvohnoma berish uchun
tovar belgisini, geografik ko'rsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini ro'yxatdan o'tkazish, geografik ko'rsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish, tovar belgisini O'zbekiston Respublikasida hammaga ma'lum tovar belgilari ro'yxatiga kiritish
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 1,2 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 2,4 baravari
rasmiy axborotnomada tovar belgilari, geografik ko'rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risidagi ma'lumotlarni, hammaga ma'lum tovar belgisiga doir ma'lumotlarni e'lon qilish
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 40 foizi
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 80 foizi
guvohnoma berish
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 1,2 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 2,4 baravari
Izoh . Ro'yxatdan o'tkazganlik, e'lon qilganlik va guvohnoma berganlik uchun davlat boji (patent boji) ekspertiza qarori yoki Apellyatsiya kengashining tovar belgisini O'zbekiston Respublikasi hududida hammaga ma'lum deb e'tirof etish to'g'risidagi qarori jo'natilgan sanadan e'tiboran uch oy ichida to'lanadi. Davlat boji (patent boji) ushbu muddat tugagan kundan e'tiboran olti oy ichida to'langan taqdirda uning miqdori 50 foizga ko'payadi.
v) guvohnomalarning amal qilishini saqlash uchun
tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun
Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bitta klassi uchun
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 4 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 6 baravari
bittadan ortiq har bir klass uchun
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 1 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 4 baravari
jamoaviy belgiga doir guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun
Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bitta klassi uchun
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 6 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 12 baravari
bittadan ortiq har bir klass uchun
jismoniy shaxs tomonidan
— BHMning 1 baravari
yuridik shaxs tomonidan
— BHMning 2 baravari
lex.uz’dagi asl matnDavlat boji stavkalari (Davlat boji to'g'risidagi qonun ilovasi)
12.1-band. 12. Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, geografik ko'rsatkichlar , tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro'yxatdan o'tkazganlik uchun: (1-qism)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.