1. Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga beriladigan:
a) mulkiy xususiyatga ega da'vo arizalaridan
da'vo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda
b) korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan da'vo arizalaridan
BHMning 1 baravari
Izoh . Kichik tadbirkorlik sub'yektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilganda ushbu bandning «ye» va «i» kichik bandlarida ko'rsatilgan, belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to'laydi.
v) nikohni bekor qilish haqidagi da'vo arizalaridan
BHMning 2 baravari
g) takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da'vo arizalaridan
BHMning 4 baravari
Izoh . Nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo'lingan taqdirda, boj «a» kichik bandiga muvofiq da'voning bahosiga muvofiq belgilanadi.
d) bedarak yo'qolgan va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da'vo arizalaridan
BHMning 2 foizi
ye) turar joylar ijarasiga doir shartnomani o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi da'vo arizalaridan, mol-mulkni xatlovdan chiqarish to'g'risidagi va mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan (yoki baholanmaydigan) boshqa da'vo arizalaridan
BHMning 2 baravari
j) alohida ko'riladigan ishlarga doir arizalardan
BHMning 1 baravari
Izoh . Otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug'ilganligi, tug'ilgan vaqti faktlarini aniqlash haqidagi, shuningdek jismoniy shaxsni tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarga qaramligi bo'lgan shaxslar ro'yxatiga kiritish to'g'risidagi arizalarni ko'rganlik uchun davlat boji undirilmaydi .
z) apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida berilgan shikoyatlardan
da'vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to'lanadigan stavkaning 50 foizi
Izoh . Mulkiy nizolar bo'yicha stavkalar miqdori «a» kichik bandga muvofiq hisoblab chiqariladi
i) qarorlar, ajrimlar, boshqa sud hujjatlarining dublikatlari va ko'chirma nusxalarini, shuningdek taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko'ra sudlar tomonidan ishlardan boshqa hujjatlarning ko'chirma nusxalarini berganlik uchun
hujjatning har bir beti uchun BHMning 2 foizi
k) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to'g'risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizalardan
BHMning 2 baravari
k 1 ) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizalardan
BHMning 2 baravari
l) chet el sudlari va chet el hakamlik sudlari (arbitrajlar) qarorlarini tan olish va ijro etish to'g'risidagi arizalardan
BHMning 2 baravari
lex.uz’dagi asl matnDavlat boji stavkalari (Davlat boji to'g'risidagi qonun ilovasi)
1-band. 1. Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga beriladigan:
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Fuqarolik sudiga murojaat qilganda to'lanadigan davlat bojining miqdori da'voning turiga qarab turlicha belgilanadi. Mulkiy da'volar uchun bahoning foiziga muvofiq, nikoh bekor qilish uchun BHM baravari, boshqa ishlar uchun esa o'z stavkalari belgilangan.
**Kimga tegishli**
Bu qoida fuqarolik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilayotgan barcha shaxslarga (fuqarolar, tashkilotlar, kichik tadbirkorlar) tegishli.
**Amalda**
Agar siz 10 million so'mlik mulkiy da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilsangiz, davlat bojini da'vo bahosining 4 foiziga muvofiq to'lasiz. Nikohni bekor qilish uchun esa BHMning 2 baravari miqdorida boj to'lanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.