Konsullik yig'imini to'lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) O'zbekiston Respublikasining konsullik yig'imlarini undirishdan voz kechish to'g'risidagi xalqaro shartnomasi mavjud bo'lsa, chet ellik fuqarolar;
2) repatriatsiya ishlari bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirish chog'ida O'zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar;
3) chet ellik fuqarolar chet el diplomatik pasportlariga o'zarolik asosida viza qo'yish chog'ida;
4) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar mehnat staji, ijtimoiy ta'minot to'g'risidagi va alimentlar undirish haqidagi ishlarga doir hujjatlarni so'rab olish va legallashtirish chog'ida;
5) chet davlatlarning belgilangan tartibda akkreditatsiyadan yoki ro'yxatdan o'tkazilgan doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining vakolatxonalari, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari hamda filiallari xodimlari (ularning oila a'zolari);
6) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o'tkazilgan matbuot vakillari (ularning oila a'zolari);
7) insonparvarlik yordamini kuzatib keluvchi chet ellik fuqarolar;
8) o'n olti yoshga to'lmagan bolalar;
9) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek byudjet tashkilotlarining taklifiga binoan O'zbekiston Respublikasiga keluvchi chet ellik fuqarolar, agar kontrakt shartlariga ko'ra viza olish bilan bog'liq xarajatlar qabul qiluvchi tarafning zimmasiga yuklatilgan bo'lsa;
9¹) O'zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo'ljallanmagan joylarning yong'ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar ularning yo'qolgan hujjatlarini yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan, yaroqsiz holga kelgan, muayyan faktni tasdiqlaydigan hujjatlarini tiklash chog'ida, shuningdek O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan ushbu hujjatlarning ko'chirma nusxalari, dublikatlari hamda ularning mavjudligi haqidagi ma'lumotnomalar talab qilib olinganda;
9²) Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi nodavlat ta'lim tashkilotlarining o'quv jarayoniga jalb etiladigan chet el mutaxassislari (o'qituvchilari) 2022 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 1 oktyabrga qadar bo'lgan davrda;
10) ushbu Qonunning 11, 12 va 13-moddalarida nazarda tutilgan hollarda.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat boji to'g'risida»gi qonun
14-modda. Konsullik yig'imini to'lashdan ozod qilish
(14-модданинг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 21 августдаги ЎРҚ-1083-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.08.2025 й., 03/25/1083/0769-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.