Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi.
Bankning rahbarlari va boshqa xodimlari xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o'ziga ishonib topshirilgan yoki ma'lum bo'lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni oshkor qilishi, shuningdek mazkur ma'lumotlardan shaxsiy maqsadda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yo'lida foydalanishi, uchinchi shaxslarga bunday foydalanish imkoniyatini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday ma'lumotlarni saqlash tartibini buzish oqibatida yaratib berishi taqiqlanadi.
Bankning rahbari yoki boshqa xodimi bankda ishlash davrida o'ziga ma'lum bo'lib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni uning bank bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarning tegishli ravishda saqlanishi uchun bank zarur tashkiliy va texnikaviy, shu jumladan axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar ko'rishi shart.
Agar bank bilan mijoz (vakil) o'rtasida nizo kelib chiqqan bo'lsa, bank o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga mijozning (vakilning) bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni zarur hollarda va doirada ma'lum qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Bank siri to'g'risida»gi qonun
7-modda. Bank sirining muhofaza qilinishi
(7-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 20 сентябрдаги ЎРҚ-964-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.09.2024 й., 03/24/964/0736-сон — 2024 йил 22 декабрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.