«Bank siri to'g'risida»gi qonun

5-modda. Bank sirining oshkor qilinishi

(5-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 июндаги ЎРҚ-1070-сонли Қонунига асосан тўртинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.06.2025 й., 03/25/1070/0536-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 25 сентябрь)

Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilish, og'zaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yo'sinda tarqatish yoki ma'lum qilish, uchinchi shaxslar e'tiboriga yetkazish, bunday ma'lumotlarni qo'lga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday ma'lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o'ziga ishonib topshirilgan yoxud ma'lum bo'lib qolgan yoki ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bunday ma'lumotlarni saqlash tartibining buzilishi oqibatida imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi. Quyidagilar bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanmaydi: bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat yo'sinidagi xizmat ko'rsatuvchi shaxslarga ma'lum qilinishi yoki taqdim etilishi, basharti bu shunday xizmatni ko'rsatish uchun zarur bo'lsa hamda mazkur shaxslar ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan harakatlarni sodir etishdan o'zini tiyishi shart bo'lsa; prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari o'rtasida bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda almashish; bankni sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarning uchinchi shaxslarga ma'lum qilinishi yoki taqdim etilishi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.