«Bank siri to'g'risida»gi qonun

16-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar taqdim etishni rad qilish

Agar bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni taqdim etish to'g'risidagi talab ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq bo'lmasa, bank bunday ma'lumotlar taqdim etishni rad qilishi shart. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni taqdim etishni rad qilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni so'rash va olishga haqli emas, ushbu Qonunda ko'rsatilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.