«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

42-modda. Bank va banklar guruhining ichki nazoratiga hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar

(42-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 20 сентябрдаги ЎРҚ-964-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.09.2024 й., 03/24/964/0736-сон — 2024 йил 22 декабрдан кучга киради)

Bank va banklar guruhi Markaziy bank tomonidan belgilangan ichki nazoratga hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarga rioya etishi shart. Markaziy bankning talablari bank amalga oshirayotgan faoliyat turining tizimli ahamiyatini, o'ziga xos xususiyatini, miqyosini va murakkabligini mutanosiblik printsipini inobatga olgan holda hisobga oladi. Bank va banklar guruhining ichki nazoratiga hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir Markaziy bank talablari jumlasiga quyidagilar kiradi: ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy, nazoratga oid hamda boshqa hisobotlarning to'liqligini, ishonchliligini va o'z vaqtidaligini, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini ta'minlash; bank tomonidan prudentsial talablar bajarilishini ta'minlash; bankda bank uchun ahamiyatli bo'lgan tavakkalchiliklarni aniqlash va boshqarish, stress-testdan o'tkazish bo'yicha tasdiqlangan siyosatining, shuningdek bank uchun ahamiyatli tavakkalchiliklar va kapital bo'yicha hisobot tizimining mavjudligi; bank uchun ahamiyatli tavakkalchiliklarni boshqarishga va ularning samaradorligini baholashga doir siyosatlarning bank tomonidan izchil amalga oshirilishi hamda ularga rioya etilishi; bankning ichki hujjatlarida belgilangan tavakkalchiliklarning eng yuqori miqdorlariga va kapitalning monandligiga, tavakkalchiliklarni boshqarish bo'yicha bankda qo'llanilayotgan tartib-taomillarning samaradorligiga hamda ularni qo'llash izchilligiga bankning rioya etishi ustidan kuzatuv kengashi tomonidan nazoratni amalga oshirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.