Bank boshqaruvi bankni boshqarishning ijro etuvchi organi bo'lib, u bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati uchun javobgarlikni to'liq zimmasiga oladi.
Bank boshqaruvi:
strategik maqsadlarni, korporativ boshqaruv siyosatini, bankning boshqa ichki siyosatlarini, shu jumladan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va tavakkalchiliklar to'g'risida xabardor etish, kapitalning yetarliligini lozim darajada saqlab turish siyosatini amalga oshirishi;
bankning tegishli va shaffof tashkiliy tuzilmasini, shu jumladan vakolatlarni va javobgarlikni bank xodimlari o'rtasida o'z vakolatlari doirasida taqsimlashni ta'minlashi;
bank xodimlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi;
bankning qabul qilingan yillik biznes-rejasini bajarishi, shuningdek bank aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishiga va kuzatuv kengashiga bajarilgan ishlar, bankka nisbatan qo'llanilgan choralar hamda sanktsiyalar to'g'risidagi hisobotni davriy ravishda taqdim etishi;
bank ustavida hamda banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
Bank boshqaruvi bank aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishiga va kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank boshqaruvi islomiy bank faoliyatining islomiy moliya standartlariga muvofiq amalga oshirilishini ta'minlash uchun javobgardir.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
35-modda. Bank boshqaruvi
(35-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.