Hal qiluvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor quyidagi hollarda Markaziy bankni va bankni o'n kunlik muddatda yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda xabardor qilishi shart:
bank aktsiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan bitim amalga oshirilganda;
dastlabki ruxsatnoma olingan, ushbu Qonun 22-moddasining birinchi qismida belgilangan aktsiyalar ulushi ko'payganda;
bank ustav kapitalidagi hal qiluvchi egalikni boshqa shaxsga berish yoki kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilish natijasida hal qiluvchi egalik tegishincha ellik foizdan, yigirma foizdan yoki besh foizdan kam bo'lib qolganda;
ushbu Qonunning 22-moddasi birinchi qismida belgilangan hajmdagi bank aktsiyalari shaxs tomonidan o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlarda olinganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bank xabarnoma olingan kundan e'tiboran bir kunlik muddatda Markaziy bankni yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda xabardor qilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
26-modda. Hal qiluvchi egalik sotib olinganligi, o'zgartirilganligi yoki boshqalarga berilganligi to'g'risidagi xabarnoma
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.