«Bank» atamasidan yoki mazkur atama qo'shib yasalgan so'z birikmalaridan faqat Banklarning davlat reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar tomonidan firma nomida yoxud tovar belgisida (xizmat ko'rsatish belgisida) yoki Internet jahon axborot tarmog'ining «UZ» domen zonasida foydalaniladi.
Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaga (litsenziyalarga) ega bo'lgan yuridik shaxslar «bank» yoki «mikromoliya banki» atamasini o'zining firma nomiga qo'shishi shart.
Islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan banklar o'zining firma nomida yoxud xizmat ko'rsatish belgisida «islomiy» atamasidan yoki mazkur atama qo'shib yasalgan so'z birikmalaridan foydalanish huquqiga ega, bundan bir vaqtning o'zida islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga va bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan banklar mustasno.
Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaga (litsenziyalarga) ega bo'lmagan yuridik shaxslar o'zining firma nomida yoxud xizmat ko'rsatish belgisida «bank» atamasidan yoki mazkur atama qo'shib yasalgan so'z birikmalaridan, shu jumladan islomiy bank faoliyatini amalga oshirishni anglatuvchi so'zdan, so'z birikmalaridan foydalanishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
11-modda. Bankning nomi
(11-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.