Aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:
aholini ish bilan ta'minlashda O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi;
mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqini amalga oshirishda barcha odamlarga jinsi, dinga munosabati, yoshi, siyosiy e'tiqodi, millati, til bilishi, ijtimoiy va oilaviy ahvolidan qat'i nazar teng imkoniyatlarini ta'minlash;
fuqarolarning mehnat tashabbusini qo'llab-quvvatlash, mehnatkashlarga ish bilan band bo'lish, mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni ta'minlaydigan serunum va ijodiy mehnat qilish qobiliyatini rivojlantirishga ko'maklashish hamda uni rag'batlantirish;
mehnatning ixtiyoriyligi;
ish bilan ta'minlash sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan muhofaza qilishni ta'minlash;
barqaror ish qidirib alohida qiyinchilikka duch kelayotgan odamlarni ish bilan ta'minlashda yordam beruvchi maxsus chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ish bilan ta'minlash sohasidagi tadbirlarni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo'nalishlari bilan, shu jumladan ijtimoiy ta'minot, daromadlarni oshirish va taqsimlash, pul qadrsizlanishining oldini olish bilan muvofiqlashtirish;
aholini ish bilan ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda O'zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalarining, tadbirkorlik uyushmalarining (ittifoqlarining) davlat boshqaruvi idoralari bilan hamkorligi;
aholini ish bilan ta'minlash muammolarini hal qilishda respublika ichida va davlatlararo hamkorlik.
lex.uz’dagi asl matn«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun
5-modda. Aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy qoidalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.