«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

36-modda. Ishsizlik nafaqasi to'lashni to'xtatib turish va butunlay to'xtatib qo'yish

(36-модда Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 854-ХII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 6-сон, 238-модда)

Quyidagi hollarda: ishsiz shaxs ishga joylashganda; ishsiz taklif qilingan maqbul ishni ikki marta rad etsa; ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxs pesiya yoshiga yetgan taqdirda; ishsiz maqomiga ega bo'lgan shaxs ozodlikdan mahrum etish tarzida jazoga hukm etilgan bo'lsa; ishsiz shaxs davolash-mehnat profilaktoriysida davolash kursini o'tayotgan bo'lsa; ishsiz shaxs qayta tayyorlash va kasb malakasini oshrishga yuborilgan bo'lsa; ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrida ish bilan ta'minlash davlat xizmatini xabardor qilmay vaqtincha ishga joylashgan bo'lsa; ishsizlik nafaqasini aldov yo'li bilan olishga urinsa ishsizlik nafaqasini to'lash bekor qilinadi. Quyidagi hollarda: uzrsiz sabablarga ko'ra ko'rsatilgan muddatda ish bilan ta'minlash davlat xizmatiga kelmasa; mehnat intizomini buzganlik uchun ishdan bo'shatilgan bo'lsa, ishsizlik nafaqasini to'lash 3 oygacha muddatga to'xtatib turiladi yoki uning miqdori kamaytiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.