«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

28-modda. Fuqarolarga kasb o'rganish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlikdan o'tish davrida to'lanadigan stipendiyalarning miqdori

1. Ushbu Qonunning 27-moddasida sanab o'tilgan shaxslardan tashqari ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan, ish bilan ta'minlash davlat xizmati tomonidan ro'yxatga olingan, qaramog'ida voyaga yetmagan bolalari va boshqa kishilar bo'lgan shaxslarga kasb o'rganish, malakasini oshirish yoki qayta tayyorgarlikdan o'tish davrida eski ish joyidagi o'rtacha oylik ish haqining 75 foizidan (qaramog'ida bolalari va boshqa kishilar bo'lmaganlarga esa — 50 foizidan) kam bo'lmagan, biroq O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo'lmagan va respublikada tarkib topgan o'rtacha ish haqidan ortiq bo'lmagan miqdorda stipendiya to'lanadi. 2. Mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo'shatilgan, shuningdek uzoq vaqt ishlamayotgan, birinchi marta ish qidirayotgan va kasb o'rganishga, malaka oshirishga va qayta tayyorgarlikdan o'tishga muhtoj bo'lgan shaxslarga aholining shu toifasi uchun nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasidan kam bo'lmagan va O'zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqidan ortiq bo'lmagan miqdorda stipendiya tayinlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.