«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

2-modda. O'zbekiston Respublikasi aholisini ish bilan ta'minlash

(2-модданинг ўн биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 854-ХII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 6-сон, 238-модда)

1. Ish bilan ta'minlash odamlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan, o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir. Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo'lgan o'z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shu jumladan haq to'lanadigan ishni bajarish bilan bog'liq bo'lmagan faoliyat bilan shug'ullanish O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining mutlaq huquqlaridir. Mehnat qilishga ma'muriy yo'l bilan biron-bir shaklda majbur etishga yo'l qo'yilmaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunlarida ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno. Odamlarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo'lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo'lmaydi. 2. O'zbekiston Respublikasining: yollanib ishlaydigan, shu jumladan haq evaziga to'la yoki to'la bo'lmagan ish kunida (haftasida) ish bajaradigan, shuningdek shartnoma (kontrakt, bitim) bilan tasdiqlangan haq to'lanadigan ishga ega bo'lgan, lekin betobligi, otpuska, ishlab chiqarishning vaqtincha to'xtatib qo'yilganligi munosabati bilan vaqtincha ishda bo'lmagan fuqarolari; o'zini ish bilan mustaqil ta'minlaydigan fuqarolari, shu jumladan tadbirkorlar, ishlab chiqarish kooperativlarining a'zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a'zolari; haq to'lanadigan lavozimga saylangan, tayinlangan yoki tasdiqlangan fuqarolari; Qurolli Kuchlarda, ichki qo'shinlar va temir yo'l qo'shinlarida, milliy xavfsizlik va ichki ishlar organlarida xizmatini o'tayotgan harbiy xizmatchilar, shuningdek noharbiy (muqobil) xizmatni o'tayotganlar; xalqaro hamda chet el tashkilotlarida ishlovchi fuqarolari; shaxsiy tomorqa xo'jaligida va dehqon (fermer) xo'jaligida ishlab, mahsulotini jamoa xo'jaliklari, sho'ro xo'jaliklari va matlubot kooperatsiyasi tashkilotlariga topshiruvchi hamda bozorda sotuvchi fuqarolari; ishlab chiqarishdan ajralgan holda umumiy ta'lim maktablarida, hunar-texnika bilim yurtlarida, o'rta maxsus harbiy va oliy o'quv yurtlarida, aspirantura, ordinatura va doktoranturada ta'lim olayotgan fuqarolari; o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshirayotgan jamoat tashkilotlari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolari ish bilan ta'minlangan aholi jumlasiga kiradi. Boshqa davlatlarning respublika hududida vaqtincha turib, diplomatik vakolatxonalar faoliyatini ta'minlash bilan bog'liq bo'lmagan ishlarni bajaruvchi fuqarolari ham ish bilan ta'minlangan aholi jumlasiga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.