«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

15-modda. Ish bilan ta'minlashni tartibga solish

O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi idoralari: iqtisodiyot strukturasini tahliliy tadqiq etadilar, mehnat bozori ahvolini va aholi bandligi sohasidagi vaziyatni oldindan taxmin qiladilar, bu sohada davlat statistika hisob-kitobini va hisobini amalga oshiradilar; ish bilan ta'minlashning respublika va mintaqa dasturlarini ishlab chiqadilar hamda tegishli xalq deputatlari Sovetlari muhokamasiga kiritadilar, bunday dasturlarni amalga oshirishni o'z vakolatlari doirasida ta'minlaydilar; ijtimoiy ishlab chiqarishda qo'shimcha ishchi o'rinlar vujudga keltirilishiga, mehnat sharoitlari yaxshilanishiga ko'maklashadilar; tadbirkorlikning rivojlanishini rag'batlantiradilar, fuqarolarga kooperativlar, kichik korxonalar, ijara korxonalari va aktsionerlik jamiyatlarining korxonalarini tashkil etishda ko'maklashadilar; mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi aholini ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko'radilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.