1. Ishga joylashayotgan shaxslar barcha turdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan mehnat shartnomalari tuzishdan tashqari kontraktlar tuzishga ham haqlidirlar. Kontraktda mehnat qilishning har qanday shartlari nazarda tutilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining qonunlariga zid keluvchi shartlar bundan mustasno.
2. Kontrakt amal qiladigan butun muddat davomida boshqa joyga borib ishlagan taqdirda kontrakt bilan ishlayotgan shaxsning doimiy istiqomat joyidagi uy-joy maydoni bronlashtirib qo'yiladi. U yangi ish joyida kontraktga binoan uy-joy maydoni olish huquqidan mahrum bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun
11-modda. Ishga joylashishning kontrakt tuzish shaklidan foydalanish huquqi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.