Agar so'ralayotgan axborot maxfiy bo'lsa yoki uni oshkor etish natijasida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetishi mumkin bo'lsa, axborotni berish rad etilishi mumkin.
So'ralayotgan axborotni berish rad etilganligi to'g'risidagi xabar so'rov bilan murojaat etgan shaxsga so'rov olingan sanadan e'tiboran besh kunlik muddat ichida yuboriladi.
Rad etish to'g'risidagi xabarda so'ralayotgan axborotni berish mumkin emasligi sababi ko'rsatilishi kerak.
Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotni so'rayotgan shaxslarni bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari to'g'risida xabardor etishi shart.
Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o'z so'roviga haqqoniy bo'lmagan axborot olgan shaxslar o'zlariga yetkazilgan moddiy zararning o'rni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki ma'naviy ziyon kompensatsiya qilinishi huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi qonun
10-modda. Axborot berishni rad etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.