Yo'lovchilarni tashish uchun avtotransport vositasini jo'natish kechiktirilgan yoki u belgilangan manzilga kechikib kelgan taqdirda (shahar va shahar atrofida tashishlar bundan mustasno), tashuvchi, agar kechiktirish yoki kech yetib borish tashuvchiga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli yuz berganligini isbotlay olmasa, yo'lovchiga jarima tariqasida neustoyka to'laydi. Jarima miqdori va uni to'lash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Yo'lovchiga jarima to'lash tashuvchini avtotransport vositasi kechiktirilishi yoki kech yetib borishi tufayli yo'lovchi ko'rgan zararni unga to'lashdan ozod etmaydi.
Avtotransport vositasi kechiktirilganligi sababli yo'lovchi unda jo'nashdan voz kechgan taqdirda, tashuvchi yo'lovchiga kira haqini va u qilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Avtomobil transporti to'g'risida»gi qonun
25-modda. Yo'lovchini jo'natib yuborish kechiktirilgani uchun tashuvchining javobgarligi
(25-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.