Yaroqsiz avtomototransport vositasini, shu jumladan, ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo'lgan transport vositalarini («antikvar» avtomototransport vositalari bundan mustasno) hisobdan chiqarish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma;
avtomototransport vositasini yaroqsiz deb topish va uni hisobdan chiqarish to'g'risidagi buyruq (faqat yuridik shaxslar uchun);
Yaroqsiz avtomototransport vositasi hisobdan chiqarilganda avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma va ushbu avtomototransport vositasining RO'DRBi olib qo'yiladi, mazkur Nizomning 29 — 31-bandlarida nazarda tutilgan RO'DRBni saqlab qolish holatlari bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
60-band. 7-bob. Avtomototransport vositalarini hisobdan chiqarish — 60-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.