Oldin berilgan (ilgari foydalanishda bo'lgan) barcha toifadagi RO'DRB transport vositalarining egalari tomonidan saqlanmaganda, belgilangan tartibda hududiy DYHXX organlari tomonidan olib qo'yiladi va yo'q qilinadi. Ushbu RO'DRBning raqam va harflari kombinatsiyalari YHXXning onlayn rejimida uzluksiz ravishda yangilanib turadigan yagona ochiq ma'lumotlar bazasida bo'sh turgan yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB sifatida qayd etiladi.
Bunday RO'DRB keyinchalik yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRBni berish tartibi asosida takroran ishlab chiqarilishi va berilishi mumkin.
Olib qo'yilgan RO'DRBlarini yo'q qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
31-band. 3-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini berish — 31-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.