Avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazishda oldin berilgan (ilgari foydalanishda bo'lgan) barcha toifalardagi RO'DRB almashtirishiga olib kelsa, transport vositasining avvalgi egasining xohishiga ko'ra ushbu RO'DRB saqlab qolinadi va yagona oshirilgan to'lovning 50 foizi miqdorida to'lov amalga oshirilgan taqdirda takroran beriladi:
a) jismoniy shaxslar uchun — ushbu shaxsga yoxud uning yaqin qarindoshiga (ota-ona, tug'ishgan va o'gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug'ishgan va o'gay aka-ukalari va opa-singillariga), shuningdek umumiy mulkka egalik qilish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga va merosxo'rlarga tegishli bo'lgan boshqa avtotransport vositasiga;
b) yuridik shaxslar uchun — ro'yxatdan o'tkazib berilayotgan boshqa avtotransport vositasiga o'sha yuridik shaxsga — avtotransport vositasining avvalgi egasi yoki uning huquqiy vorisi (yuridik shaxs nomi qayta o'zgarganda, birlashganda, qo'shilganda, bo'linganda, ajralib chiqqanda yoki qayta tashkil etilganda) yoki yuridik shaxs tomonidan — uning ishtirokchisiga (ta'sischisiga, a'zosiga) yoxud yuridik shaxsning ishtirokchisi (ta'sischisi, a'zosi) hisoblangan yuridik shaxsga — avtotransport vositasining avvalgi egasi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
30-band. 3-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini berish — 30-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.