Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o'rtasida tuziladigan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitim (shartnoma) ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan advokat o'rtasida ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) o'ziga yoki u tayinlagan shaxsga yuridik yordam ko'rsatish uchun oddiy yozma shaklda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomadan iboratdir.
Yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitimni (shartnomani) bekor qilish masalalari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Advokat, unga qaysi adliya organi tomonidan guvohnoma berilganligidan qat'i nazar, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitimni (shartnomani), uning yashash joyi yoki joylashgan yeridan qat'i nazar, tuzishga haqli.
Yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitimning (shartnomaning) muhim shartlari quyidagilardan iborat:
topshiriqni bajarishni ishonchli vakil sifatida o'z zimmasiga olgan advokat haqidagi, uning guvohnomasi rekvizitlari ko'rsatilgan holdagi ma'lumotlar;
topshiriqning predmeti;
ko'rsatilayotgan yuridik yordam uchun ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan haq to'lash shartlari;
advokatning topshiriqni bajarish bilan bog'liq xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi va miqdori;
topshiriqni bajarishni o'z zimmasiga olgan advokat javobgarligining miqdori va xususiyati.
Advokatning haq olishi hamda topshiriqni bajarishi bilan bog'liq xarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) maxsus ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan advokatga to'lanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan bog'liq xarajatlarini kompensatsiya qilish yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitimda (shartnomada) nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tegishli advokatlik tuzilmasining kassasiga kirim qilinishi yoki advokatlik tuzilmasining bankdagi hisobvarag'iga o'tkazilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Advokatura to'g'risida»gi qonun
9¹-modda. Yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitim (shartnoma)
(9¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 31 декабрдаги ЎРҚ-198-сонли Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 52-сон, 514-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.