Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam ko'rsatilishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni (bundan buyon matnda axborot (hujjatlar) deb yuritiladi) taqdim etish masalalari yuzasidan advokat so'rovini (bundan buyon matnda advokat so'rovi deb yuritiladi) yuborishga haqli.
Axborot (hujjatlar), shuningdek ularning ko'chirma nusxalari advokat so'rovi olingan sanadan e'tiboran o'n besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi. Advokat so'roviga ko'ra ekspertiza xulosasini olish muddatlari davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.
Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot so'ralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega bo'lmasa, ular o'zlariga murojaat etgan advokatga so'rov olingan sanadan e'tiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda xabar qilishi shart.
Advokat tomonidan ish bo'yicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi to'g'risida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, so'rovda ko'rsatilgan axborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.
Advokat so'rovida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
so'rov yuborilayotgan davlat organi yoki boshqa organning, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotning nomi va pochta manzili;
advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi;
advokat o'z faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami;
advokat so'rovini qayd etish daftaridagi advokat so'rovining ro'yxatdan o'tkazilganlik raqami va sanasi;
advokat kimning manfaatlarini ko'zlab harakat qilayotgan bo'lsa, o'sha jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi;
yuridik yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan axborot (hujjatlar);
so'ralayotgan axborotni (hujjatlarni) berish usuli (pochta jo'natmasi, faksimil aloqa, elektron pochta, bevosita topshirish);
advokatning imzosi.
Advokat so'roviga orderning ko'chirma nusxasi, sud ekspertizasi advokat so'roviga ko'ra tayinlanganda esa o'rganish ob'yektlari va to'laqonli ekspertiza o'tkazish uchun zarur bo'lgan ish materiallari ham ilova qilinadi.
Agar advokatlik so'rovini olgan sub'yekt so'ralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega bo'lmasa yoki ma'lumotlarda davlat sirlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sir mavjud bo'lsa, shuningdek advokat so'rovida ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan axborot (hujjatlar) ko'rsatilmagan bo'lsa, so'ralayotgan axborotni (hujjatlarni) advokatga taqdim etish rad etilishi mumkin.
Advokat so'rovi advokatlik siriga rioya etilgan holda axborot tizimi orqali elektron shaklda ham berilishi mumkin.
Advokat so'roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o'z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg'on yoki noto'g'ri axborot (hujjatlar) taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Advokatura to'g'risida»gi qonun
7¹-modda. Advokat so'rovi
(7¹-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 3 августдаги ЎРҚ-786-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.08.2022 й., 03/22/786/0705-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.