«Advokatura to'g'risida»gi qonun

-modda. Advokatlar hay'ati

Advokatlar hay'ati a'zolikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan ta'sis etilgan, notijorat tashkiloti bo'lgan advokatlik tuzilmasidir. Advokatlar hay'atining ta'sis hujjatlari uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustav hamda ular tomonidan tuziladigan ta'sis shartnomasidir. Ta'sis shartnomasida muassislar advokatlar hay'atiga o'z mol-mulkini o'tkazish shartlarini, ushbu hay'at faoliyatida ishtirok etish tartibini, advokatlar hay'atiga yangi a'zolarni qabul qilish, muassislarning (a'zolarning) uning tarkibidan chiqish tartibi va shartlarini, shuningdek advokatlar hay'ati muassislarining (a'zolarining) huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Advokatlar hay'atlari tarkibidagi a'zolar soni o'ntadan kam bo'lmasligi kerak. Advokatlar hay'atida yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitimlar (shartnomalar) advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o'rtasida tuziladi hamda advokatlar hay'atining hujjatlarida ro'yxatdan o'tkaziladi. Advokatlar hay'ati yuridik yordam ko'rsatish uchun o'zi turgan yerdan tashqarida joylashgan filiallar tuzishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.