Advokatlar palatasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
advokatlik tuzilmalarining faoliyatini markazlashtirilgan holda muvofiqlashtirib borish;
advokaturani yanada rivojlantirishga, uning obro'-e'tiborini oshirishga, advokaturaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirishga ko'maklashish;
aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ'ibot chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qonunchilikni va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaxlitligini hamda qonunchilik normalarining bir xilda qo'llanilishini ta'minlashga doir takliflar kiritish;
advokatura faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
advokatlarni ularning kasbiy faoliyati bilan bog'liq ta'qiblardan, cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish;
advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishini tashkil etish;
aholining yuridik yordamdan foydalana olish imkoniyatini tumanlar va shaharlarda yuridik maslahatxonalar tashkil etish orqali ta'minlash;
advokatura faoliyati to'g'risidagi statistik ma'lumotlarni to'plash va o'rganish, advokatlarning ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, advokatlik tuzilmalariga uslubiy yordam ko'rsatish;
advokatlar tomonidan qonunchilikka, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Advokatlar palatasi qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Advokatura to'g'risida»gi qonun
12²-modda. Advokatlar palatasining asosiy vazifalari
(12²-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.