«Advokatura to'g'risida»gi qonun

11-modda. Advokatlar mehnatiga haq to'lash

(11-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-915-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.02.2024 й., 03/24/915/0160-сон)

Advokatlarning mehnatiga jismoniy va yuridik shaxslardan ularga yuridik yordam ko'rsatilganligi uchun advokatlik tuzilmalariga kelib tushgan mablag'lar hisobidan haq to'lanadi. Mablag'lar yetarli bo'lmagan taqdirda, Advokatlar palatasining yuridik maslahatxonani tashkil etgan hududiy boshqarmasi ushbu yuridik maslahatxonaning ta'minoti uchun qo'shimcha mablag'lar ajratadi. Yuridik xizmat uchun haq to'lash advokat bilan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o'rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi. «Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatgan advokatga ko'rsatilgan yuridik yordam uchun haq to'lash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.