Umumiy foydalaniladigan yo'nalishlarni ochish, o'zgartirish va yopish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) Nukus va Toshkent shahri hamda viloyatlarning ma'muriy markazlari bo'lgan shaharlardagi shahar avtobus va yo'nalishli taksi yo'nalishlari — hududlarning jamoat transporti bosh rejalariga muvofiq ishlab chiqilgan yo'nalishlar tarmog'i asosida shahar hokimliklari huzurida tuziladigan komissiyalar tomonidan;
b) shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo'nalishlar:
muntazam tashishni amalga oshirish niyatida bo'lgan tashuvchilar va fuqarolarning arizalari;
xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlari, hokimliklar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va jamoatchilik vakillarining takliflari asosida hokimliklar huzurida tuziladigan komissiyalar tomonidan;
v) shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar — Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnПравила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)
I2-67¹-band. IX. Umumiy foydalaniladigan yo'nalishlarni ochish, yopish va vaqtincha to'xtatib turish — I2-67¹-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.