Quyidagilar yo'llardan foydalanish, kommunal, temir yo'l tashkilotlari va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ning avtobuslarda yo'lovchilar tashishda xavfsizlikni ta'minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
o'zlarining tasarrufidagi avtomobil yo'llari, ko'chalar, sun'iy inshootlar, temir yo'l kesishmalari, paromlar, yo'l belgilari, yo'l harakatini tartibga solishning boshqa vositalarini to'siqlarsiz va xavfsiz harakatlanishni ta'minlovchi texnik soz holatda saqlash;
yo'llarning xavfli uchastkalarini tezkorlik bilan aniqlash, xavf manbalarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish, buning imkoniyati bo'lmaganda avtobus yo'nalishini yopish chora-tadbirlarini ko'rish;
avtomobil yo'llari, ko'chalar, sun'iy inshootlar, temir yo'l kesishmalari, paromlarni jihozlash va saqlashga doir avtobus yo'nalishlarini tekshirish komissiyalari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tadbirlarni o'z vaqtida bajarish.
lex.uz’dagi asl matnПравила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)
I2-6-band. I. Umumiy qoidalar — I2-6-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.