Правила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)

I2-54-band. VII. Avtobus yo'nalishlaridagi avtomobil yo'llari, ko'chalar, sun'iy inshootlar, temir yo'ldan o'tish joylari, paromlar, bekatlar va boshqa inshootlar — I2-54-band

Avtobus yo'nalishlarini belgilashda yo'lning temir yo'lni kesib o'tishini istisno etuvchi yechimlar qidirilishi kerak. Bunday yechimga kelish imkoni bo'lmagan istisno hollarda shlagbaumli va shlagbaumsiz amaldagi o'tish joylarida avtobus harakatini (doimiy yoki vaqtincha) ochishga har bir alohida holatda yo'l bo'limi boshlig'ining yoki o'tish joyi bo'ysunishida bo'lgan boshqa tashkilotning ruxsati bilan yo'l qo'yiladi. Bunda shlagbaumsiz o'tish joylarida avtobus harakatiga ular avtomatik svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangandan keyin ruxsat beriladi. Shlagbaumsiz, avtomatik svetofor signalizatsiyasi o'rnatilmagan o'tish joylari bo'yicha avtobus yo'nalishlarini joriy etish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.