Har biriga 30 kishidan ortiq odam sig'adigan ikki yoki undan ortiq avtobuslarda, har biriga 30 kishidan kam odam sig'adigan yo'lovchilar tashilganda ularning harakati kolonna bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi tomonidan yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalariga, avtobuslardan foydalanish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga, harakat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish uchun mas'ul bo'lgan shaxs belgilanadi.
Kolonnalarni yo'llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati transport vositalari bilan kuzatib borish haqidagi qaror ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari, harakat xavfsizligi xizmati avtomobillari bilan kuzatib borish haqidagi qaror esa — tashuvchilar tomonidan qabul qilinadi.
Turistlar avtobuslari xavfsizlik talablariga (taxograf va navigatsiya qurilmalari, majburiy va (yoki) ixtiyoriy sug'urta polislari, yorug'lik qaytaruvchi maxsus moslama (liniya), ikki nafar haydovchi va ularda mobil aloqa mavjudligi) javob bergan taqdirda kuzatib borilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnПравила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)
I2-30-band. V. Sayohat-ekskursiya, maxsus tashishlar va bir martalik buyurtmalar bo'yicha tashishlar — I2-30-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.