Mazkur Talablar:
yangi avtobus yo'nalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish to'g'risida qarorlar qabul qiluvchi Transport vazirligi va uning hududiy bo'linmalari;
vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, o'z avtotransporti bilan tashishlarni amalga oshiruvchi yoki o'z tizimiga kirmaydigan korxonalar (tashkilotlar) bilan tashish shartnomalari tuzgan tashuvchilar;
O'zbekiston Respublikasining sayohat-ekskursiya tashkilotlari;
avtomobil yo'llari, ko'chalar, sun'iy inshootlar, temir yo'ldan o'tish joylari, paromlarni qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlashni ta'minlovchi vazirliklar, idoralar;
yo'l harakatini boshqarishning texnik vositalarini o'rnatuvchi va ulardan foydalanuvchi yo'l, kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar;
tashuvchilar va yo'l tashkilotlarini, yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmatlarini ob-havo sharoitlarining noqulay o'zgarishlari to'g'risida xabardor qiluvchi gidrometeorologiya tizimi tashkilotlari;
yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasida normativlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiluvchi, yo'l harakatini boshqarish va tashkil etish tadbirlarini amalga oshiruvchi Yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmati;
haydovchilarni qatnovdan oldin va qatnovdan keyin tibbiy ko'rikdan o'tkazishni ta'minlovchi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari;
boshqaruv organlari va xo'jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan avtomobilda tashish xavfsizligini tashkil etish va ta'minlash bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspektsiyasi uchun tatbiq etiladi va majburiy kuchga egadir.
Mazkur Talablar O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan avtobuslarda yo'lovchilar tashishga tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnПравила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)
I2-2-band. I. Umumiy qoidalar — I2-2-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.