Правила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)

6-band. 1-§. Asosiy tushunchalar — 6-band

Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: avtobus — yo'lovchilarni, bagajni tashishga mo'ljallangan va haydovchi o'rnini hisoblamaganda 8 tadan ortiq o'rindiqqa ega bo'lgan avtotransport vositasi; avtovokzal (avtostantsiya) — transport-ekspeditsiya, tashish faoliyatini amalga oshiruvchi va yo'lovchilarga boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilot; avtopavilon — yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan avtomobil yo'lidagi inshoot; bagaj avtomobili — bagaj tashishga mo'ljallangan avtomobil; bagaj — jo'natish uchun idishga joylangan va yo'lovchi tomonidan ushbu avtobusda olib ketiladigan buyumlar; bagaj kvitantsiyasi — bagajning tashish uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi hujjat; chipta — yo'lovchining haq to'lagan holda avtobusdan foydalanishga bo'lgan huquqini hamda yo'lovchi va tashuvchi o'rtasida tashuvlar yuzasidan oshkora shartnomalar tuzilganligini tasdiqlovchi qat'iy hisobda turadigan hujjat; haydovchi — avtotransport vositasini boshqaruvchi shaxs; yo'l — qurilgan va transport vositalarining harakatlanishi uchun foydalaniladigan yer polosasi yoxud sun'iy inshoot yuzasi; qo'l yuki — yo'lovchi tomonidan bepul tashiladigan tashish uchun idishga joylangan buyumlar; yengil avtomobil — yo'lovchilar va bagajni tashishga mo'ljallangan hamda haydovchi o'rnini hisobga olmaganda 8 tadan ko'p bo'lmagan o'rindiqqa ega bo'lgan avtotransport vositasi; yo'nalishsiz taksi — yo'lovchilarning buyurtmanomalariga ko'ra taksometr funktsiyalarini ta'minlaydigan maxsus ilovaga ega moslama ko'rsatkichi bo'yicha haq to'lash hisobiga tashish xizmatlarini ko'rsatadigan haydovchidan tashqari to'rttadan ortiq bo'lmagan o'rindiqqa ega yengil avtotransport vositasi; agregator — yo'nalishsiz taksida yo'lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo'yicha interaktiv xizmatlarni ko'rsatuvchi yuridik shaxs; yo'nalishli avtobus — belgilangan yo'nalish bo'yicha yo'lovchilar va bagajni tashishga mo'ljallangan avtobus; yo'nalishli taksilar — yo'lovchilarning talabiga ko'ra to'xtab o'tadigan muntazam yo'nalishlarda yo'lovchilarni tashishga mo'ljallangan avtotransport vositasi (mikroavtobus yoki yengil avtomobil); yo'nalish — avtotransport vositalarining muayyan manzillar oralig'ida belgilangan qatnov yo'li; yo'nalish pasporti (yo'nalish hujjatlari) — yo'nalish to'g'risidagi asosiy ma'lumotlarni tavsiflovchi hujjatlar (yo'nalish pasporti elektron shaklda bo'lishiga yo'l qo'yiladi); yo'lovchi — tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq tashish xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs; supacha — yo'l qoplamasi sathidan balandroq bo'lgan, avtovokzallarda (avtostantsiyalarda)gi yo'lovchilarni transportga chiqarish va undan tushirishga mo'ljallangan maydoncha; tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo'lgan, tijorat asosida yo'lovchilar, bagaj tashish xizmatini ko'rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo'lgan yuridik shaxs; qatnov jadvali — reysni bajarish vaqti, joyi va izchilligi to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud bo'lgan grafik (jadval); reys — avtotransport vositasining yo'nalishning boshlanishidan oxirgi manziligacha bo'lgan yo'li; maxsus yo'nalishlar — tashkilotlarning xodimlarini ish joyiga va ish joyidan tashish; yo'nalish sxemasi — yo'nalishning shartli belgilar qo'yilgan grafik tasviri; tarif — yo'lovchilar va bagajni tashish uchun belgilangan to'lov miqdori; trafaret — yo'lovchilarni yo'nalish to'g'risida xabardor qilishga mo'ljallangan ko'rsatkich; muntazam yo'nalishlar — tasdiqlangan yo'nalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yo'l haqi tariflariga muvofiq avtotransport vositalarining muayyan manzillar oralig'ida belgilangan qatnov yo'li.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.