Avtobusda:
a) yo'lovchilarning mast holda yurishi;
b) alkogol va tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish;
v) haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;
g) oynadan tashqariga osilish;
d) tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo'lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni ochiq (g'ilofsiz) holda olib yurish;
ye) o'lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o'rin uchun og'irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo'lgan buyumlarni olib yurish;
j) salonni yoki yo'lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish;
z) tumshuqbog'siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnПравила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)
15-band. 2-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish — 15-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.