Правила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)

116-band. 1-§. Tashuvchining javobgarligi — 116-band

Shahar yo'nalishlarida yo'lovchilar tashishdan tashqari yo'lovchilarni tashish uchun avtotransport vositasini jo'natish kechikkanligi yoki belgilangan manzilga kechikib kelganligi uchun tashuvchi, agar kechikishlar yengib bo'lmaydigan kuch holatlari yoki tashuvchiga bog'liq bo'lmagan boshqa sabablar oqibatida yuz berganligini isbotlab berolmasa, yo'lovchiga jarima shaklida neustoyka to'laydi. Yo'lovchilar tashish uchun avtotransport vositasini jo'natish kechikkanligi yoki belgilangan manzilga kechikib kelganligi holati yuzasidan avtovokzal (avtostantsiya)ning navbatchi dispetcheri tomonidan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada avtotransport vositasining tasdiqlangan jadval bo'yicha jo'nash (yetib kelish) vaqti va haqiqatda jo'nagan (yetib kelgan) vaqti ko'rsatiladi. Dalolatnoma navbatchi dispetcher va ikki yo'lovchi tomonidan imzolanadi. Avtovokzalda (avtostantsiyada) navbatchi dispetcher bo'lmagan taqdirda, dalolatnoma kamida uchta yo'lovchi tomonidan imzolanadi. Avtotransport vositasining jo'nashi (yetib kelishi) kechiktirilganligi uchun yo'lovchiga to'lanadigan jarima miqdori – jo'nashi (yetib kelish) kechikkanligining birinchi to'liq soati uchun (60 minut) chipta bahosining 10 foizi hisobidan uning davomiyligiga bog'liq holda, jo'nash (kelish) kechikishining har bir keyingi 15 minuti uchun esa chipta bahosining 3 foizi hisobidan aniqlanadi. Jarima umumiy summasi chipta bahosining 50 foizidan ortiq bo'lmasligi kerak. Yo'lovchiga jarima tashuvchi tomonidan yoki avtovokzal (avtostantsiya) boshlig'ining yozma ko'rsatmasi bo'yicha to'lanadi. Yo'lovchiga to'langan jarima, amaldagi qonunchilikka muvofiq avtotransport vositasining jo'nashga kechikkanligi yoki uning belgilangan manzilga yetib kelishi kechikkanligi oqibatida yo'lovchiga yetkazilgan zararni unga to'lash majburiyatidan ozod qilmaydi. Avtotransport vositasining jo'nashi kechikkanligi sababi bo'yicha yo'lovchi tashishni rad etgan taqdirda, tashuvchi yo'lovchiga yo'l haqi to'lovini hamda u tomonidan ko'rilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.