Harbiylarni tashish hujjatlari avtomobil transportida shahar atrofida, viloyat ichida, viloyatlararo va xalqaro qatnovlarda yo'lovchilarning manzilga borishi va bagajni tashishiga chiptalar olish uchun mo'ljallangan.
Harbiylarni tashish hujjatlariga quyidagilar taalluqlidir:
a) avtomobil transportida harbiy yuklarni va uy buyumlarni tashish uchun — talabnoma;
b) avtomobil transportida viloyat ichi va viloyatlararo qatnovlarda manzilga borish uchun bitta odamga yoki soni ikki kishidan ziyod bo'lgan harbiy komandaga chiptalar olish uchun — talabnoma;
v) bagajni tashish uchun — bagaj taloni. Bagaj talonlari jo'nash avtovokzallari (avtostantsiyalari) kassalarida bagaj chiptalariga yoki kvitantsiyalariga almashtiriladi. Barcha turdagi harbiylarni tashish hujjatlari jo'nash shoxobchasi chipta kassalarida umumiy shakldagi chiptalarga, bagaj chiptalariga yoki kvitantsiyalarga almashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matnПравила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)
109-band. VIII bob. Avtomobil transportida harbiy yo'lovchilarni tashish — 109-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.