Правила дорожного движения (ПКМ №172, 2022)

I2-7.22-band. 2. Tik chiziqlar — I2-7.22-band

DYXXX organlarining ruxsatisiz transport vositalarining konstruktsiyasiga o'zgartirishlar kiritilgan bo'lsa. Transport vositalariga boshqa turdagi moldinglar, g'ildirak qopqoqlari o'rnatilishiga, shuningdek, ishlab chiqarilishi to'xtatilgan avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining buferlarini o'rnatishga ruxsat etiladi. Ushbu ilovada Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruktsiyasining foydalanish shartlari bo'yicha xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglamentda belgilangan avtotransport vositalarini tasnifi (klassifikatsiyasi) keltirilgan: M toifasi — kamida to'rt g'ildirakka ega bo'lgan va yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari, shu jumladan: M1 toifasi — yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari. M2 toifasi — yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha bo'lgan avtotransport vositalari. M3 toifasi — yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan ko'p bo'lgan avtotransport vositalari. M2 va M3 toifalardagi avtotransport vositalari quyidagi klasslarga mansub: a) uch klassdan (I, II, III) bittasiga yoki bir nechtasiga; b) ikki klassdan (A, V) bittasiga. I klass — yo'lovchilar salonda bemalol yurishi maqsadida konstruktsiyasida turib ketadigan yo'lovchilar uchun joylar ko'zda tutilgan avtotransport vositalari. II klass — konstruktsiyasi asosan o'tirib ketadigan yo'lovchilar uchun mo'ljallangan va qatorlar orasida va (yoki) ikkita birlashgan o'rindiq uchun ajratilgan joy chegarasidan chiqmasdan joylashib, turib ketadigan yo'lovchilarni ham tashish ko'zda tutilgan avtotransport vositalari. III klass — konstruktsiyasi faqat o'tirib ketadigan yo'lovchilar uchun mo'ljallangan avtotransport vositalari. A klass — turib ketadigan yo'lovchilarni tashish uchun mo'ljallangan avtotransport vositalari; bu klassdagi transport vositalari o'rindiqlar bilan jihozlangan va ularda turib ketadigan yo'lovchilarni tashish ko'zda tutilgan. V klass — turib ketadigan yo'lovchilarni tashish uchun mo'ljallanmagan avtotransport vositalari. Mikroavtobuslar yo'lovchilar tashish uchun mo'ljallangan, haydovchidan tashqari 16 tagacha o'tiradigan yo'lovchi uchun joy bo'lgan V klassdagi avtotransport vositasi. N1 toifasi — yuk tashish uchun mo'ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari. N2 toifasi — yuk tashish uchun mo'ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 12 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari. N3 toifasi — yuk tashish uchun mo'ljallangan, eng katta vazni 12 t dan ortiq bo'lgan avtotransport vositalari. O toifasi — tirkamalar (yarim tirkamalar ham). O1 toifasi — eng katta vazni 0,75 t dan oshmaydigan tirkamalar. O2 toifasi — eng katta vazni 0,75 t dan ortiq, lekin 3,5 t dan oshmaydigan tirkamalar. O3 toifasi — eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 10 t dan oshmaydigan tirkamalar. O4 toifasi — eng katta vazni 10 t dan ortiq bo'lgan tirkamalar. L toifasi — mototransport vositalari. L1 toifasi — maksimal konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan, ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ gacha bo'lgan yoki elektrodvigatelining nominal maksimal quvvati 4 kilovattdan oshmaydigan ikki g'ildirakli transport vositasi; L2 toifali — maksimal konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan, ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ gacha bo'lgan yoki elektrodvigatelining nominal maksimal quvvati 4 kilovattdan oshmaydigan uch g'ildirakli transport vositasi; L3 toifali — ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ va undan oshadigan, konstruktiv tezligi (har qanday dvigatelli) soatiga 50 kilometr va undan oshadigan ikki g'ildirakli transport vositasi; L4 toifali — ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ va undan oshadigan yoki konstruktiv tezligi (har qanday dvigatelli) soatiga 50 kilometr va undan oshadigan, o'rtacha uzunlama tekislikka nisbatan asimmetrik kajavali uch g'ildirakli transport vositasi;​​​​​ L5 toifali — ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ va undan oshadigan, konstruktiv tezligi (har qanday dvigatelli) soatiga 50 kilometr va undan oshadigan yoki transport vositasining o'rtacha uzunlama tekisligiga nisbatan simmetrik kajavali uch g'ildirakli transport vositasi; L6 toifali — akkumulyatorlarini hisobga olmaganda (elektr transport vositalari uchun) vazni 350 kilogrammdan oshmaydigan maksimal konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan yoki ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ gacha yoxud elektrodvigatelining nominal maksimal quvvati 4 kilovattdan oshmaydigan to'rt g'ildirakli transport vositasi;​​​​​ L7 toifali — L6 toifadagi transport vositalaridan farqli o'laroq akkumulyatorlarini hisobga olmaganda (elektr transport vositalari uchun) to'liq vazni 400 kilogrammdan (yuk tashish uchun mo'ljallangan transport vositalari uchun 550 kilogrammdan) oshmaydigan va elektrodvigatelining nominal maksimal quvvati 15 kilovattdan oshmaydigan to'rt g'ildirakli transport vositasi. Portlovchi moddalar va 1.1, 1.2 va 1.3 kichik klasslar buyumlari; Portlovchi moddalar va 1.4 kichik klass buyumlari; Portlovchi moddalar va 1.5 kichik klass buyumlari; Portlovchi moddalar va 1.6 kichik klass buyumlari; Alangalanmaydigan, notoksik gazlar; Tez alangalanadigan gazlar va suyuqliklar; Tez alangalanadigan qattiq moddalar, o'zi reaktiv moddalar va desensibilashgan portlovchi moddalar; O'z-o'zidan yonuvchi moddalar; Suv tekkanda tez alangalanadigan gaz ajratuvchi moddalar; Oksidlovchi moddalar; Organik peroksidlar; Toksik moddalar; Infektsiyali moddalar; I toifali radioaktiv materiallar; II toifali radioaktiv materiallar; III toifali radioaktiv materiallar; Korroziyalanuvchi moddalar; Boshqa xavfli moddalar va buyumlar. ** * *** 1 QURUQ MODDALAR QO'LLANSIN, SUV QO'LLANMASIN! 2 KIChIK SUV OQIMLARI QO'LLANSIN! 3 SOChMA SUV YoKI INGIChKA OQIM QO'LLANSIN! 4 KO'PIK QO'LLANSIN! 5 OQOVA SUVGA MODDALAR TUShIShINING OLDI OLINSIN! N NAFAS OLISh APPARATI VA HIMOYaLOVChI QO'LQOPLAR QO'LLANSIN! Yo FAQAT YoNG'IN ChIQQANDA NAFAS OLISh APPARATI VA HIMOYaLOVChI QO'LQOPLAR QO'LLANSIN! K HIMOYaLOVChI KIYIM-BOShLARNING TO'LIQ TO'PLAMI VA NAFAS OLISh APPARATI QO'LLANSIN! E ODAMLAR EVAKUATsIYa QILINIShI ZARUR!
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.