G'ildiraklar va shinalar:
5.1. Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa;
M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo'lsa;
M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo'lsa;
Mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalari uchun — 0,8 mm dan kam bo'lsa.
5.2. Shinalarda kordning ko'rinishiga olib kelgan tashqi nuqsonlar (teshilgan kesilgan, yorilgan) hamda karkas qatlamlari ajralgan, protektor va yon qismlari ko'chgan bo'lsa.
5.3. Qo'shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug'diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo'lsa.
5.4. Shina o'lchamlari yoki yo'l qo'yilgan og'irlik transport vositasining turiga mos kelmasa.
5.5. Transport vositasining bitta o'qiga har xil o'lchamli va konstruktsiyali (dioganalli va radialli, kamerali va kamerasiz), har xil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan, turumlangan va turumlanmagan shinalar o'rnatilgan bo'lsa.
5.6. N2 va N3 toifadagi kapotsiz tuzilishli magistral tyagach (shatakchi) larning oldingi o'qiga va M3 toifani II va III klassdagi avtotransport vositalarini oldingi o'qiga qayta tiklangan shinalar, boshqa o'qiga esa ikkinchi ta'mirlash klassi bo'yicha qayta tiklangan shinalar o'rnatilgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matnПравила дорожного движения (ПКМ №172, 2022)
I2-5-band. 2. Tik chiziqlar — I2-5-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.