«Diqqat, boshqariladigan to'siq». Ushbu yo'l belgisi boshqariladigan to'suvchi qurilmasiga yetmasdan o'rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to'suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
1.35 «Piyodalarning yo'l yoqasidan yurishi mumkin bo'lgan hudud»
1.1, 1.2, 1.5 — 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin o'rnatiladi. Zaruriyat bo'lganda, bu belgilar 7.1.1 qo'shimcha axborot belgisida ko'rsatilgan boshqa masofada ham o'rnatilishi mumkin.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo'lsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga o'rnatilishi mumkin.
Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yo'lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o'rnatiladi.
Agar qatnov qismida qisqa muddatli yo'l ishlari olib borilayotgan bo'lsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10 — 15 metr masofa yetmasdan (7.1.1 qo'shimcha axborot belgisisiz) o'rnatilishi mumkin.
1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yo'l kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam bo'lmagan masofada o'rnatiladi.
Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo'lning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matnПравила дорожного движения (ПКМ №172, 2022)
I2-1.34-band. 1. Ogohlantiruvchi belgilar — I2-1.34-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.