Transport vositalariga yo'lning o'ng tomonida yo'l yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida ko'rsatilgan hollarda trotuarda to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi.
Aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi.
Ruxsat etilgan to'liq vazni 3,5 tonnadan ko'p bo'lgan yuk transport vositalari bir tomonlama harakatli yo'llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to'xtashlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matnПравила дорожного движения (ПКМ №172, 2022)
88-band. 13-bob. To'xtash va to'xtab turish — 88-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.