Burilishni ko'rsatuvchi barcha yorug'lik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi.
Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak:
yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda;
to'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtaganda;
fara chiroqlari yorug'ligi haydovchining ko'zini qamashtirganda;
shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida);
«Bolalarni tashish» taniqlik belgilariga ega bo'lgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda.
Transport vositasi xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan boshqa hollarda ham haydovchi yo'l harakati ishtirokchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnПравила дорожного движения (ПКМ №172, 2022)
50-band. 8-bob. Ogohlantiruvchi va avariya (xavf-xatar) ishoralari — 50-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.