Svetoforning doirasimon ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi:
yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi;
miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning ta'sir vaqti tugayotganligi hamda ko'p o'tmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi.
yashil ishora o'chishiga soniyalarda qancha vaqt qolganligi haqida axborot berish uchun raqamli tablo qo'llanilishi mumkin;
sariq ishora harakatlanishni taqiqlaydi (Qoidalarning 42-bandida ko'zda tutilgan holatlardan tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;
miltillovchi sariq ishora ehtiyotkorlik choralarini ko'rgan holda harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o'tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi;
qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;
qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi va ko'p o'tmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.
lex.uz’dagi asl matnПравила дорожного движения (ПКМ №172, 2022)
31-band. 7-bob. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari — 31-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.