Правила дорожного движения (ПКМ №172, 2022)

180-band. 29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini o'rnatish bo'yicha majburiyatlari — 180-band

Transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar bo'lgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: texnik nosoz, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda ro'yxatdan va davlat texnik ko'rigidan o'tkazilmagan yoki tegishli hujjatlarsiz transport vositalarini yo'lga chiqarish; mastlik (giyohvandlik moddalar, alkogol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi bo'lmagan, belgilangan muddatda tibbiy ko'rikdan o'tmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qo'yish; zanjirli traktorlarni va boshqa o'ziyurar uskunalarni harakatlanish uchun asfalt yoki tsement-beton qoplamali yo'llarga chiqarish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.