Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo'ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno);
Traktorlar va boshqa o'ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarining yukxonasida;
Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarining konstruktsiyasida ko'zda tutilgan joylardan tashqarida;
12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning, kichik hajmdagi mototransport vositalarining orqa o'rindig'ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan transport vositasining old o'rindig'ida;
odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'zda tutilgan miqdordan ortiq bo'lganda.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matnПравила дорожного движения (ПКМ №172, 2022)
159-band. 26-bob. Odam tashish — 159-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.